XATSHEPSUT

XATSHEPSUT (aynan — izzatikrom qilinadiganlarning birinchisi) — Misr malikasi (mil. av. 1525—03). Firʼavn Tutmos II (mil. av. 1525 — taxm. 1523) ning taxtdoshi, tutingan singlisi va xotini; soʻngra Tutmos III (mil. av. 1525—1473; X. ning oʻgay oʻgʻli)ning taxtdoshi. Amalda ularni hokimiyatdan chetlatib, oʻzini rasman firʼavn deb eʼlon qilgan (rassomlar Xatshepsutni soqolli etib tasvirlaganlar). X., asosan, Amon maʼbudi kohinlariga tayangan. Uning davrida Misr Falastin va Suriyadagi mulklaridan ajralgan, Puntga savdo ekspeditsiyasi uyushtirilgan; ibodatxonalar qurilishi avjga chiqqan. X. vafotidan soʻng Tutmos III u haqidagi xotiralarni yoʻqotish maqsadida barcha joylardan uning ismi va tasvirini oʻchirib tashlashni buyurgan.


Lotin alifbosida maqola: XATSHEPSUT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MISR
FALASTIN
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты