XAFAQON

XAFAQON (arab. — urmoq, titramoq) — yurakning tez yoki notekis urishini sezish holati. Bu sezgi yuraktomir va b. sistemalar (mas, nerv, endokrin tizimi) kasalliklarida, shuningdek, sogʻlom kishilarda kuchli yoki odatdan tashqari jismoniy zoʻriqish, hayajonlanish va b. da paydo boʻladi. Xafaqonni davolash va oldini olish kasallikni keltirib chiqargan sabablarga bogʻliq. Baʼzan «X.» atamasini yurak urishining oʻzgarishi qon bosimi oshganida ham kuzatilganligidan gipertoniya kasalligita nisbatan ham ishlatadilar.

X. tushunchasi aslida Sharq tabobatidan maʼlum. Oʻtmishda tabiblar X. sabablarini toʻgʻri tushunib, uning koʻp va xilmaxil kasalliklar (mas, yurakning organik va funksional oʻzgarishlarida, oʻpka, meʼda va ichak xastaliklarida, yalligʻlanish, shikastlanish, zaharlanish, isitmalash, gijja kasalligida, biror narsa chaqqanda yuzaga kelishini va b.)da kuzatganlar. Ular yurak urishi oʻzgarishlarini puls sifatlari (yaʼni puls tezligi, tekis yoki notekisligi, toʻliqtoʻliqmasligi yoki tarangligi)ga koʻra aniklaganlar. Abu Ali ibn Sino «Tib krnunlari» asarida X. haqida mufassal aytib oʻtgan. Unga kura, X. goho xiltli moddadan, goho mizojlan, goho shishdan, gohida uzluksizlikning buzilishidan, baʼzan esa qattiq hisdan va b. yot narsalardan paydo boʻladi. Xiltli modda goho qondan, goho rutubatdan, goho safrodan, goho yeldan iborat boʻlishi mumkin. Baʼzan fakat yurak aziyatlari emas, balki oʻpkaning yurakka yondosh tomonida tikilmalar koʻpayib, nafas keragicha oʻta olmasligi (oʻpkaning hamkorligi bilan), seʼda ahvolining oʻzgarishi (meʼdaning hamkorligi bilan) ham X. paydo boʻlishiga olib keladi. Xafaqonning hamma turida tomir notekis urishi kuzatiladi, ammo kasallik belgilari unga sabab boʻlgan omillarga bogʻliq boʻladi (mas, Xafaqonga gijjalar sabab boʻlsa, bunda lanjlik, soʻlak oqishi va b. kuzatiladi).

Ad.: Ibn Sino, Tib qonunlari, 2j., T., 1992


Lotin alifbosida maqola: XAFAQON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YURAK
TIBBIYOT
YER
YURAK-TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARI
YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI


Добавить комментарий