YANGI NISHON

YANGI NISHON — Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidatch shahar (1982-yildan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Nishon (4 km). Yangi Nishondan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 20 km. Aholisi 9,8 ming kishi (2003). Shaharda sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxonalar, mikrofirmalar, MTP, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uylari, stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangi Nishondan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Yangi Nishon — Qarshi yoʻnalishlarida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: YANGI NISHON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
YAPONIYA
TOSHKENT VILOYATI
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты