YANGI ORLEAN

YANGI ORLEAN — AQSHning jan. qismidagi shahar, Luiziana shtatida. Aholisi 473,7 ming kishi (2002). Missisipi daryosi deltasida, uning Meksika qoʻltigʻiga quyilish qismidan 175 km uzoqda joylashgan. AQSH jan. dagi eng yirik dengiz porti. Shahar pasttekislikda joylashganligi uchun atrofi suv toshqinlariga qarshi qurilgan dambalar bilan oʻralgan. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdomoliya va madaniyat markazi. Kemasozlik rivojlangan. Kema taʼmirlash, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Alyuminiy va alyuminiy oksidi ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoatida tropik dehqonchilik mahsulotlari qayta ishlanadi. Untlar, muzeylar bor. Turizm rivojlangan.

Shaharga 1718-yilda fransuzlar tomonidan asos solingan. 18-asrda Ispaniya bosib olgan. 1800-yilda yana fransuzlar qoʻl ostiga oʻtgan. 1803-yilda Yangi Orleanni AQSH fransuzlardan Luiziana hududi bilan birga sotib olgan.


Lotin alifbosida maqola: YANGI ORLEAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MEKSIKA
YAPONIYA
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты