XACHIR

XACHIR (Mulus) — uy hayvoni; ot (biya) bilan eshak (hangi) duragayi. Xitoy, Hindiston, Turkiya, Afrika, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Oʻrta Osiyoda X. yetishtirish azaldan mavjud boʻlgan. Soʻnggi davrlarda Meksika, Argentina va AQSHda ham rivoj topdi. Oʻzbekistonda qadimdan X. yetishtirish va xoʻjalik maqsadlarida ulardan yuk tashishda va ulov tarzida samarali foydalanib kelingan. X. gavdasi, koʻkrak qafasi kengligi va tez yurishi bilan otlarga oʻxshasa, chidamli va ishchanligi, boshining kattaligi qulogʻining uzunligi, boʻynining toʻgʻriligi va kaltaligi bilan eshakka oʻxshaydi. 40—50 y. yashaydi, 30— 35 y. ishlash qobiliyatiga ega, yuqumli kasalliklarga kam chalinadi, iqlim sharoitiga yaxshi moslashadi, ozuqa tanlamaydi, parvarishga unchalik muhtoj emas. Tuyey har xil. Xachirning erkagi va urgʻochisi bepusht boʻladi. Ular oʻzaro nayel bermaydi, lekin urgʻochi X. ayrim hollarda aygʻirdan yoki hangi eshakdan qochib nayel berish xususiyatiga ega. Erkak X. 1,5 yoshda bichiladi. 2—3 yoshidan ishga oʻrgatiladi. 4 yoshida yetuk ish hayvoniga aylanadi. Yirik biyalardan va zavod zotidan boʻlgan eshaklardan boʻyi 160—170 sm va tirik vazni 600—650 kg boʻlgan oʻta kuchli va yuk tashuvchi Xachirlar olinadi. Xachirni otlar kabi tirik vaznga muvofiq oziqlantirish tavsiya etiladi. 20-a. ning 30-y. larigacha Oʻrta Osiyo yilqichilik, tuyachilik, eshakchilik va xachir yetishtirish styasida X. yetishtirish va ulardan foydalanish masalalari ilmiy oʻrganildi (V. A. Shchekin). 20-a. ning 50-y. laridan boshlab X. Oʻzbekistonda avtomobil transportining rivojlanishi bilan deyarli yoʻqolib ketdi.

Ad.: Lakoza I. I., Shchekin V. A., Verblyudovodstvo i osnovы oslovodstva i muloproizvodstva, M., 1964.

Abdusattor Amirov.


Lotin alifbosida maqola: XACHIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ITALIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY
MEKSIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты