YANGI CHINOZ

YANGI CHINOZ — Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi shaharcha (1992-yildan). T. y. stansiyasi (Chinoz). Viloyatning gʻarbiy qismida, Toshkent — Nukus avtomagistralida, tuman markazi (Chinoz shahri) dan 7 km narida. Sirdaryo va Chirchiq daryolari yonida. Aholisi 3,7 ming kishi (2005). Shaharchada 7 korxona, shuningdek, dehqon bozori, 20 dan ortiq savdo shoxobchasi, tijorat banki faoliyat koʻrsatadi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — un tegirmoni va qumshagʻal karyerlari. Umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, ambulatoriya bor. Ya. Ch. yonida daryo boʻylarida 30 dan ortiq dam olish maskani joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: YANGI CHINOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
QORAQALPOGʻISTON
YAPONIYA
BANKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты