XEVESHI

XEVESHI (lot. Hevesy) Dyerd (Georg) (1885.1.8, Budapesht — 1966.5.7, Freyberg, GFR) — vengriyalik fizikkimyogar, radiokimyogar. Vengriya FA faxriy aʼzosi (1945-y. dan) Syurix va Manchester universitetlarida (1911 — 13), Venadagi radiy intida (1913), Budapesht universitetida (1913—20) ishlagan (1918-y. dan prof.). Kopengagen (1920—26 va 1934—43), Freyburg (1926 — 34) va Stokgolm (1943-y. dan) universitetlari prof. Ilmiy tadqiqotlari radiokimyoga oid. Izotop indikatorlar usulini taklif qilgan. Ilk bor biol. da radioaktiv indikator (radiy D) qoʻllab oʻsimliklarda qoʻrgʻoshinning taqsimlanishini oʻrgangan. D. Koster bilan birga gafniy kimyoviy elementini kashf etgan (1922). Ogʻir suvdan foydalanib tirik organizmlarda suv muvozanatini aniqlash mumkinligini kashf etgan (1941) Nobel mukofoti laureati (1943).


Lotin alifbosida maqola: XEVESHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VENGRIYA
IZOTOP INDIKATORLAR
KIMYO
IZOTOP ALMASHUVI
RADIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты