YANGI SHOTLANDIYA

YANGI SHOTLANDIYA — Kanadaning jan. sharqiy qismidagi provinsiya, Yangi Shotlandiya ya. o. va KeypBreton o. da. Mayd. 55,3 ming km2. Aholisi 944,7 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Galifaks shahri Yangi Shotlandiya iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya. Foydali qazilmalardan koʻmir, barit, gips qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kokskimyo, transport mashinasozligi, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Q. x. shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Bogʻdorchilik rivojlangan. Yangi Shotlandiyaning tub aholisi indeyslar. 17-asrning boshlaridan yevropaliklar — fransuzlar va inglizlar koʻchib borgan. Angliya — Fransiya urushidan soʻng 1713-yildan 1867 yil gacha Buyuk Britaniya mulki.


Lotin alifbosida maqola: YANGI SHOTLANDIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
YAPONIYA
FRANSIYA
TOSHKENT
KANADA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты