XEYDENSTAM

XEYDENSTAM (Heidenstam) Karl Gustav Verner fon (1859.6.7, Olsxammar, Erebru — 1940.20.5, Evralid, Esteryyotland) — shved shoiri va yozuvchisi. Shved. akad. aʼzosi (1912). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Ziyorat va dunyo kezish yillari» (1888). Oʻrtayer dengizi atrofidagi koʻhna dunyo «Endimion» (1889) romanida aks etgan. «Renessans» (1890) romanida oʻzining adabiy manifesti eʼlon qilingan. Unda naturalizmni tanqid qilib, boy tasavvur, goʻzallikni jonli his qiladigan va tushkun boʻlmagan realizmga asoslangan yangicha estetika yaratishga chaqirgan. X. «Sheʼrlar» poetik toʻplamidan soʻng shved adabiyotida yirik shaxs sifatida tanilgan. X. Shvetsiyani qudratli saltanatga aylantirgan qirol Karl XII davri askarlari haqida hikoyalar yozib (1897—98), ularni birbiriga mazmunan ulab, «Karl XII ning yurishlari» kitobini yaratadi. Bu kitob orqali yangicha, milliy afsona yaratmokchi boʻlgan. «Avliyo Birgit ziyorati» (1901), «Folkunglar shajarasi» (1905—07, 2 j. li) romanlari hamda «Shvedlar va ularning dohiylari» (1908—10, 2 j. li) dostonida u oʻzining dastlabki gʻoyalaridan chekinib, aristokratik dunyosiga qaytgan. 1915-y. nashr etilgan «Yangi sheʼrlar» kitobidan soʻng X. Shvetsiyaning koʻzga koʻringan lirik shoiri sifatida tan olingan. Nobel mukofoti laureati (1916).


Lotin alifbosida maqola: XEYDENSTAM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ESTETIKA
YAPONIYA
ALISHER NAVOIY
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты