XEYERDAL

XEYERDAL (Heyerdahl) Tur [1914.6.10, Larvik 2002.18.4, KollaMikeri qishlogʻi(Italiya)] — norveg etnografi va arxeologi, dengiz sayyohi, yozuvchi. Oslo universitetida oʻqigan (1933—37). Xeyerdalning 1sayohati Polineziyadagi FatuXiva o. ga boʻlgan (1937 — 38). «KonTiki» solida ekipaj bilan birgalikda Perudan Polineziyaga qadar Tinch okeanini kechib oʻtgan (1947). Bu sayohat uni butun dunyoga mashhur qilgan. 1969— 70 y. larda «Ra» papirus qayigʻida Afrikadan Markaziy Amerikadagi orollargacha borgan. 1977—78 y. larda qamishdan yasalgan «Tigris» qayigʻida AlKurna (Iroq) — Hind daryosining quyilish yeri — Jibuti yoʻnalishi boʻyicha suzgan. Pasxa, Galapagos va Kanar o. larida arxeologik kazishma ishlari olib borgan. Buyuk sayyoh vikinglar haqidagi manbalarni tadqiq etish maqsadida 2001-y. Azov boʻyiga arxeologik ekspeditsiya uyushtirgan. Koʻplab ilmiyommabop asarlar muallifi. Asarlari: «KonTiki»da sayohat (1949), «AkuAku» (1957), «Ra» (1970), «FatuXiva» (1975) va b.


Lotin alifbosida maqola: XEYERDAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
JIBUTI
XITOY
IROQ
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты