YANGIARIQ

YANGIARIQ — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi qishloq, tuman markazi. Xorazm viloyatining jan. da joylashgan. Viloyat markazi (Urganch shahri)gacha 20 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Urganch. Aholisi 10,5 ming kishi (2005). Qishloq aholisi va xoʻjaliklari Tagan kanalidan suv oladi. Yangiariqda paxta tozalash, gʻisht zdlari, qurilish korxonalari, Uzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi, avtokorxona, MTP bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, litsey, gimnaziya, kasbhunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, 2 madaniyat uyi, stadion mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangiariqdan Urganch, Xiva shahrilari, Xonqa, Hazorasp shaharchalari va Bogot qishlogʻigacha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Xiva — Toshkent yoʻnalishidagi avtobuslar Yangiariq hududidan oʻtadi.


Lotin alifbosida maqola: YANGIARIQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
TOSHKENT VILOYATI
QASHQADARYO VILOYATI
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты