XEYZE

XEYZE (Heyse) Paul (1830.15.3, Berlin — 1914.2.4, Myunxen) — nemis shoiri, yozuvchi va novellachisi. Berlin, Bonn (1847—51), Shveysariya va Italiya (1852—53) universitetlarida taʼlim olgan. Myunxen yozuvchilar toʻgaragi rahbarlaridan biri; «sanʼat sanʼat uchun» (sof sanʼat — badiiy ijodning muayyan maqsadga qaratilgani, sanʼatning siyosat va jamiyat talablaridan mustaqil boʻlishini yoklovchi bir qator estetik konsepsiya) tarafdorlaridan. Dastlabki asarlari — «Arrabiata» novellasi va «Marion» kissasi (1855). «Treppilik kiz» (1858), «Andrea Delfin» (1859), «Ona portreta» (1859) asarlari muallifi. X. kissalar va hikoyalardan tashqari dramatik asarlar ham yozgan. «Gans Lange» (1866) pyesasi, «Mariya Magdalina» (1899) tragediyasi ommabop boʻlib ketgan. Shunga qaramay, X. yozuvchi sifatida koʻproq tanilgan. «Asr farzandlari» (1873), «Jannatda» (1875), «Merlip» (1892) romanlarida axloqiy masalalar yoritilgan. Xeyzening 24 jildli novellalari, 6 roman, 60 ga yaqin pyesa va 9 sheʼriy toʻplami nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1910).


Lotin alifbosida maqola: XEYZE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
SHVEYSARIYA
GERMANIYA
FRANSIYA
ROMAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты