XEYLIT

XEYLIT (yun. cheilos — lab) — lablarning yalligʻlanishi; bunda lablarning qizil hoshiyasi, shilliq pardasi va terisi yalligʻlanadi. Xeylitga lab yorilishi, kuyishi, turli shikastlar, oftobda, izgʻirinda uzoq turib qolish, parazit zamburugʻlar yoki viruslar, shuningdek, meʼdaichak faoliyatining buzilishi, yurak kasalliklari, organizmda vitaminlar (xususan, V guruh vitaminlar) yetishmasligi yoki allergiya (turli boʻyoqlar, lab boʻyogʻi) sabab boʻladi.

Oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻtkir Xeylitda lab qizaradi, shishadi va bezillab turadi; baʼzan yiringlaydi (q. Abssess), tra koʻtariladi, bosh ogʻriydi. Surunkali Xeylitda lab pust tashlaydi, uzoq vaqtgacha bitmaydigan yoriklar, yarachalar paydo boʻladi, lab bichiladi, shishadi va kattalashadi. Kasallikning ilk belgilari paydo boʻlganda darhol vrachga murojaat etish va davolanish lozim.

Xeylitning oldini olishda shikastlangan labni rivanol, kaliy permanganat (margansovka) yoki furatsilin eritmasiga hoʻllangan bint, paxta bilan tozalab artish; oftobda kuygan yoki shamolda yorilgan boʻlsa, tarkibida A vitamini boʻlgan yumshatuvchi mazlar surtish tavsiya etiladi.


Lotin alifbosida maqola: XEYLIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VIRUSLAR
RAK
VITAMINLAR
EKZEMA
GASTRIT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты