XEKLAR

XEKLAR, merluzalar (Merlucciidae) — treskasimon balikdar oilasi. Gavdasining uz. 1,3 m gacha (odatda, 40 sm ga yaqin), vazni 10 kg gacha. Orqa suzgichi 2 ta. 4 urugʻi, 15 turi bor. Atlantika va Tinch okeanning iliq va subtropik suvlarida yashaydi. Kumushrang X., asosan, Shim. Amerika sohillari yakinida keng tarqalgan. Uz. 70 sm gacha; 3—4 yidda voyaga yetadi. May — okt. da 40—150 m chuqurlikda 400 minggacha uvildiriq tashlaydi. Hayotining dastlabki yillarida mayda qisqichbaqasimonlar, voyaga yetgandan soʻng yirik umurtqasizlar (kalmar, krevetka) va b. baliqlar bilan oziklanadi. Xeklarning 1 turi Qora dengizda uchraydi. Barcha X. yirtqich. Ovlanadi.


Lotin alifbosida maqola: XEKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TINCH OKEAN
TINCH OKEAN
OKEAN
ATLANTIKA OKEANI
BALIQLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты