XELITSERALILAR

XELITSERALILAR (Chelicerata) boʻgʻimoyoqlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar kenja tipi. Uz. 0,05 mm dan (ayrim kanalar) 1,8 m gacha (kazilma evriptidlar). Xelitseralilarning boshi va 6 ta, koʻkrak boʻgʻimi qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi. Qorin qismi 12 boʻgʻimdan, sodda Xelitseralilarda oldingi qorin (7 boʻgʻim) va keyingi qorin (5 boʻgʻim)dan iborat (chayonlar). Boshkoʻkraqda 6 juft oʻsimta bor, ulardan oldingi 2 juft ogʻiz teshigi oldida (xelitseralar) va orqasida (pediapalpalar), keyingi 4 jufti yurish oyoqlari hisoblanadi. Qorin oyoqlari qoldigʻi oʻzgarib jabralar, oʻpka, taroqsimon oʻsimtalar, oʻrgimchak soʻgallarini hosil qiladi. 2 sinf: merostomalar va oʻrgimchaksimonlarga boʻlinadi. Merostomalar, asosan, dengizlarda yashaydi; koʻpchiligi qirilib ketgan. X. ning 54000 ga yaqin turi mavjud.


Lotin alifbosida maqola: XELITSERALILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANALAR
YER
BOʻGʻIMOYOQLILAR
OʻPKA
OʻRGIMCHAKSIMONLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты