YANGIYER

YANGIYER — Sirdaryo viloyatidagi shahar. Viloyat kengashiga qarashli. 1957 yil da asos solingan. Toshkentdan 150 km jan. gʻarbda, Toshkent — Xovos t. y., Katta Uzbekiston trakti, Janubiy Mirzachoʻl kanali yoqasida joylashgan. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Guliston shahri) dan 30 km uzoklikda. Aholisi 30 ming kishi (2004). Shahardagi 400 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektdan 34 tasi yirik, 46 tasi kichik korxona, 332 mikrofirma, 2 qoʻshma korxona, 2 aksiyadorlik, 32 masʼuliyati cheklangan jamiyatdir. Qurilish tashkilotlari, 3 avtokorxona, taʼmirlashmexanika, asfaltbeton, sopol quvurlari, un, non, sut zdlari, qandolatpazlik f-kasi, savdo, madaniy, va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 10 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziyainternat, akademik litsey, 3 kasb-hunar (qurilish, tibbiyot, pedagogika) kolleji mavjud. 5 kutubxona, 2 madaniyat uyi, klub, madaniyat va istirohat bogʻi bor. 58 sport inshooti, shu jumladan, stadion, sport zallari, 2 suzish havzasi, sport maydonchalari, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, bolalar futbol maktabi, «Yangiyer» futbol komandasi faoliyat koʻrsatadi. Sayyohlik tashkiloti mavjud. Shaharda 3 ta kasalxona, 2 ta poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Jarqoq — Toshkent gaz quvuri shaharni gaz bilan taʼminlaydi. Yangiyerdan Toshkent, Guliston, Jizzax, Balandchaqir, Boyovut va boshqalar yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: YANGIYER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
YAPONIYA
QORAQALPOGʻISTON
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты