XELSINKI

XELSINKI, Gelsingfors Finlyandiya poytaxti. Usima lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 551,1 ming kishi (1999) . Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi port. Malmi aeroporti xalkdro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim iqgisodiy, moliya va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (asosan, kemasozlik, elektrotexnika, koʻtarish kranlari va sellyulozaqogʻoz sanoati uchun jihozlar i. ch.). Toʻqimachilik, kimyo va keramika, koʻnpoyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Intlar, Musiqa akademiyasi, opera va milliy teatrlar, milliy, shahar, badiiy, tarixetnografiya muzeylari, zool. va botanika bogʻlari, yirik konsert zallari bor. Metropoliten kurilgan.

Xelsinkiga 1550-y. da VantaYoki daryosining quyilish joyida asos solingan va dastlab Gamelstat deb atalgan. Finlyandiya Rossiyaga qoʻshib olinib (1809) Buyuk Finlyandiya knyazligi tuzilgach, 1812-y. da mamlakat poytaxti Turku (Abo) sh. dan Xelsinkiga koʻchirildi. 1917-y. dek. da mamlakat mustakllligi eʼlon kilingach, X. Finlyandiya Respublikasi poytaxti. Xelsinkida xalqaro uchrashuv, syezd, konferensiya va kengashlar boʻlib oʻtadi, Jahon Tinchlik kengashi kotibiyati joylashgan.

X. — zamonaviy shahar. Shahar markazida Shved teatri binosi, Sokos univermagi, Parlament binosi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, universitet binosi, prezident saroyi, ratusha, Shahar dumasi uyi va b. saqlangan. X. — turizm markazi.


Lotin alifbosida maqola: XELSINKI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FINLYANDIYA
ROSSIYA
BUYUK BRITANIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты