YANGIYOʻL BIOKIMYO AKSIYADORLIK JAMIYATI

«YANGIYOʻL BIOKIMYO» AKSIYADORLIK JAMIYATI — spirt sano ati korxonasi. «Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasi tarkibida. Biokimyoviy usul bilan 3—4nav bugʻdoydan rektifikatsiya qilingan etil spirti, sholi chiqindilari, oʻsimlik xom ashyosidan texnik spirt, yemxashak achitqisi, shuningdek, karbonat angidrit, tormoz suyuqligi, quruq yemxashak qoʻshimchasi ishlab chiqaradi. 1949-yilda gidroliz sanoati korxonasi sifatida ishga tushirilgan. 1995-yildan hozirgi nomda. 90-y. lar boshidan gʻalladan oziq-ovqat (etil spirti) i. ch. oʻzlashtirildi. Yillik quvvati 821,4 ming dal. Korxona tarkibida oliy navli araq ishlab chiqaradigan «MaySano» qoʻshma korxonasi, kraxmal va kraxmal qiyomi ishlab chiqaradigan «Kraxmal» maʼsuliyati cheklangan jamiyat faoliyat koʻrsatadi. Mahsulotlari qoʻshni mamlakatlarga eksport qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: YANGIYOʻL BIOKIMYO AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SPIRT SANOATI
KIMYO SANOATI
YAPONIYA
VINO-ARAQ SANOATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты