XEMINGUEY

XEMINGUEY (Hemingway) Ernest Miller (1899.21.7, OkPark, Chikago yaqinida — 1961.2.7, Ketchem, Aydaxo shtati) — amerikalik yozuvchi. 1917-y. dan KanzasSitida jurnalistreportyor sifatida ish boshlagan. 1-jahon urushi qatnashchisi (191418). X. 1928-y. gacha Parijda, 193960-y. larda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi — «Bizning zamonda» (1924). «Quyosh chiqadi» (1926, inglizcha nashrlarda «Fiyesta» nomi bilan chop etilgan), «Alvido, qurol!» (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, inson haqhuquqlari, erkiga tajovuz, ayni paytda, insoniy mardlik, qadrqimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.

1930-y. larning 1-yarmida X. ijodida tushkunlikni kuzatish mumkin. Shu davrda yozuvchi hayot yoʻlini qayta mulohaza qilib koʻrishga, oʻz ijodining muayyan yoʻnalishlarini aniklashga intiladi. Natijada «Peshindan keyingi oʻlim» (1932), «Afrikaning yashil tepaliklari» (1935), «Gʻolibga bayroq berilmaydi» (1933) hikoyalar toʻplami dunyo yuzini koʻradi. «Hoʻkizning shoxi», «Frensis Makomberning baxti», «Kilimanjaro qorlari» (1936) hikoyalari, «Toʻqchilik va yoʻqchilik» (1937) romanida X. ijodiy yuksalishi koʻzga tashlanadi. X. asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv oʻrnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga eʼtibor qaratadi. Inson huquqlari yoʻlida, ozodlik kurashida yolgʻiz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi.

X. 1931—39 y. lari ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. Shu yillarda uning bir necha ocherk va reportajlari, «Motam qoʻngʻirogʻi» (1940) romani chop etiladi. Bu asarlardagi qahramonlar xalq ozodligi yoʻlida fashizmga qarshi kurashadilar, insoniyat taqdiri uchun oʻzlarining masʼul ekanliklarini qalban his etadilar, kishilar bilan birga iztirobga tushadilar, xavfxatardan qutulish choralarini izlaydilar.

2-jahon urushidan keyin X. ijodida yangi davr boshlangan. Biroq bu davrda yuzaga kelgan «Xavfli yoz» va «Okeandagi orollar» romanlari avvalgilariga qaraganda badiiy jihatdan ancha boʻsh asarlar sanaladi. Lekin maʼlum muddat oʻtib, X. insonning ruhiy xrlatini tadqiq etish bilan jamiyatdagi mavjud vaziyatni ochib berishga qodir asarlarni yaratdi. Badiiy jihatdan ancha yuksak boʻlgan «Daryoning naryogʻida, daraxtlar soyasida» (1950) romani, «Chol va dengiz» (1952) qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirdi. X. 20-a. da oʻzigagina xos boʻlgan qatiy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qitʼasidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga teztez murojaat qiladigan boʻlishdi.

«Chol va dengiz», «Alvido, qurol!» va b. asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1954).

Ad. Kashkin I., Ernest Xeminguey, M., 1966; Gribanov B., Xeminguey, M., 1970; Finkelshteyn I., Xemingueyromanist, T., 1974; Paporov Yu. N., Xeminguey na Kube, M., 1979.

Norali Ochilov.


Lotin alifbosida maqola: XEMINGUEY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
FRANSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты