XEMORETSEPSIYA

XEMORETSEPSIYA (xemo… shretseptorlar) — bir yoki koʻp hujayralilar ixtisoslashgan hujayralarining tashqi muhitdagi hayot uchun muhim boʻlgan kimyoviy moddalardan taʼsirlanishi. Xemoretsepsiyaning dastlabki jarayoni taʼsirlovchi kimyoviy modda bilan hujayra membranasidagi xemoretseptor oqsil oʻrtasidagi taʼsirdan iborat. X. — evolyutsiya jihatidan eng qad. retsepsiya tipi, barcha tirik organizmlar uchun xos. Koʻpchilik hayvonlar uchun 2 xil X.: interoxemoretsepsiya (koʻp hujayralilar ichki muhitini, jumladan, gormonlar, mediatorlar, antigenlar va b. ni analiz qiluvchi) va eksteroxemoretsepsiya (tashqi kimyoviy taʼsirlarni qabul qiluvchi) xos. Yuksak tuzilgan organ izmlarda ixtisoslashgan kimyoviy sezgi organlari — hid bilish, taʼm bilish paydo boʻladi. Bu xiddagi organlar umurtqali hayvonlar va bir qancha umurtqasizlar (mas, hasharotlar)da bor. Bundan tashkari, kam ixtisoslashgan X. — gavda qoplamining taʼsirlovchi moddalarga nisbatan umumiy kimyoviy sezgirligi ham mavjud.

X. koʻpchilik hayvonlarning oziq qidirib topishi, dushmanlari yoki noqulay sharoitdan saklanishi, oʻz turi va oilasi individlari hamda oʻz juftini topib olishda katta ahamiyatga ega. Xemoretsepsiyaning jamoa boʻlib yashovchi hasharotlar hayotidagi ahamiyati ayniqsa katta. Bunday hasharotlar oilasidagi murakkab fiziologik xattiharakat reaksiyalari (oziq qidirib topish, oʻzaro tobelik munosabatlari) X. bilan bogʻliq.


Lotin alifbosida maqola: XEMORETSEPSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
HUJAYRA
BIOLOGIYA
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий