YANGIRABOT

YANGIRABOT — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi shaharcha (1972 yil dan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Zirabuloq (14 km). Yangirabotdan Navoiy shahri gacha 70 km. Aholisi 15,5 ming kishi (2004). Paxta tozalash z-di, non k-ti, MTP, qurilish korxonalari va boshqalar bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalar, mikrofirmalar ishlab turibdi. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, bolalar musiqa va sanʼat maktabi, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, muzey, klub muassasalari, madaniyat saroyi, Mustaqillik, Xotira maydonlari, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Markaziy stadion, sport maydonchalari va sport zallari va boshqalar bir qancha sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangirabot bilan Navoiy shahri oʻrtasida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: YANGIRABOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
QORAQALPOGʻISTON
QASHQADARYO VILOYATI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты