XEMOSORBSIYA

XEMOSORBSIYA (xemo… va sorbsiya) , kimyoviy sorbsiya — suyuklik va qattiq jiyemning atrof muhitdan moddalar yutishi. Bunda kimyoviy birikmalar hosil boʻladi. Torroq maʼnoda X. qattiq jism sirtining modsani kimyoviy yutishi, yaʼni kimyoviy adsorbsiya deb qaraladi. Xemosorbsiyada issikdik mikdori koʻproq ajralib chiqadi: odatda, X. issikligi 84—126 kJ/mol, baʼzi hollarda, mas, kislorodning metallarga singishida 420 kJ/mol dan ham ortishi mumkin. Kimyoviy reaksiyalarga oʻxshab, X. ham anchagina faollash (aktivatsiya) energiyasini talab kiladi. Shuning uchun tra ortganda X. tezlashadi. Xemosorbsiyani oʻrganish uchun spektroskopiya, elektron paramagnit va yadroviy magnit rezonans, elektron hamda ion proyektorlari, sekin harakatlanuvchi elektronlar difraksiyasi va b. qoʻllaniladi. X. geterogen katalizda, gazlarni tozalashda, vakuum texnikasi va b. da muhim rol oʻynaydi. X. sanoatda keng qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: XEMOSORBSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MAGNIT REZONANS
FIZIKA
QATTIQ JISM
ELEKTRONIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты