YANGIQALʼA QABRISTONI

YANGIQALʼA QABRISTONI — mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmiga oid qadimiy qabriston. Ashxobod viloyatining Goʻktepa tumanidagi Yangiqalʼa qishlogʻida. Qabristonni Yangiqalʼa maktab oʻquvchilari (1951 yil) topgan, arxeolog A. F. Ganyalin tekshirgan. Oltita erkak va bitta ayol qabri ochilgan. Jasadlar chap yonboshi bilan gʻujanak qilib dafn etilgan. Jasadning bosh yoki oyoq tomoniga loydan tayyorlangan idishlar qoʻyilgan. Qabrlardan hammasi boʻlib loydan ishlangan 17 ta turli shakl va hajmdagi idish, shuningdek, jez uzuk, toʻgʻnogʻich, munchoq va boshqalar taqinchoqlar, ayollarning loydan ishlangan haykalchalari topilgan.


Lotin alifbosida maqola: YANGIQALʼA QABRISTONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
ERON
YUNONISTON
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты