XEMOTRONIKA

XEMOTRONIKA (xemo… va…tron) — ilmiy-texnik yoʻnalish; ishi elektrkimyoviy jarayonlar va hodisalarga asoslangan avtomatika, oʻlchash va hisoblash texnikasi asboblari va qurilmalarini tadqiq qilish, ishlab chiqish va qoʻllash masalalari bilan shugʻullanadi. X. shugʻullanadigan asboblar va qurilmalarning elektrod — elektrolit chegarasidan elektr toki oʻtkazilganda elektrkimyoviy jarayonlar yuz beradi. Xemotronikada ana shu jarayonlar oʻrganiladi. Xemotronikada elektroosmos hodisasidan, elektrod atrofidagi qatlamlarda elektrolit faol komponentlari oʻzgarishi va b. hodisalardan ham foydalaniladi. Eng oddiy xemotron asbob — elektrkimyoviy uya ichiga elektrolit toʻldirilgan va ikkita elektrod joylangan ixcham germetik shisha idish (ampula)dan iborat. Bunda elektrolit sifatida kislotalar, tuzlar va asoslarning suvdagi eritmalari ishlatiladi. Elektrodlar Pt (platina), Ag (kumush), A1 (alyuminiy), Zn (pyx) va b. metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlanadi. Koʻpincha bu maqsadda Hg (simob) dan foydalaniladi.

Xemotron asboblar asosida ixcham tok va kuchlanish kuchaytirgichlari, toʻgʻrilagichlari, vaqt relelari, integratorlari, tezlanish, tra va tezlik datchiklari, titrashlar (vibratsiya) ni oʻlchash asboblari, indikatorlar, kulonometrlar hamda 107 — 10 Gs chastotalar diapazonida ishlaydigan boshqa asbob va qurilmalar yaratiladi.


Lotin alifbosida maqola: XEMOTRONIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
KIMYO
YER
OʻLCHASH TEXNIKASI
METALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты