YANGIQISHLOQ

YANGIQISHLOQ — Jizzax viloyati Forish tumanidagi shaharcha (1978-yildan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Jizzax (67 km). Aholisi 8,4 ming kishi (2003). Shaharchada paxta tozalash z-di, MTP, avtokorxona, tikuvchilik f-kasi, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxona va mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, madaniyat saroyi, madaniyat uylari, «Chorvador» xalq dastasi, markaziy va bolalar kutubxonalari aholiga xizmat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari va maydonchalari va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Ya. — Jizzax, Yangiqishloq — Forish, Yangiqishloq — Chimqoʻrgʻon va boshqalar yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi.


Lotin alifbosida maqola: YANGIQISHLOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
YAPONIYA
JIZZAX VILOYATI
QASHQADARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты