YANGIQOʻRGʻON

YANGIQOʻRGʻON — Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1976 yil dan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Chortoq (16 km). Viloyat markazi (Namangan shahri) gacha 22 km. Aholisi 16,1 ming kishi (2005). Aholisi va xoʻjaliklari Pochchaotasoydan suv oladi. Paxta tozalash z-di, non kti, tikuvtrikotaj f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona va boshqalar korxonalar bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, litseyinternat, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat saroyi ishlab turibdi. Sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, veterinariya laboratoriyasi, teritanosil kasalliklari kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangiqoʻrgʻon — Chortoq, Yangiqoʻrgʻon — Namangan yoʻnalishlari boʻyicha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.


Lotin alifbosida maqola: YANGIQOʻRGʻON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
QASHQADARYO VILOYATI
QORAQALPOGʻISTON
NAMANGAN VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты