XERSON

XERSON — Ukrainaning Xerson viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. Dneprning oʻng sohilida, uning Dnepr limaniga quyilish joyida. Dengiz va daryo porti. T. y. chorrahasi. Aeroport bor. Tarkibida 3 shahar tumani mavjud. Aholisi 328,4 ming kishi (2004).

Shahar 1778-y. da kemasozlik korxonalari bilan birga Qora dengiz flotani barpo etish uchun qalʼa sifatida vujudga kelgan va Xersones Tavricheskiy deb atalgan. 1783 ydan uyezdshahri. 1803-y. dan gubernya markazi. Yetakchi sanoat tarmoqlari — kemasozlik va mashinasozlik (kombayn, kardan vallari, elektromashinasozlik zavodlari va b.), neftni qayta ishlash, yengil (ip gazlama kti va b.), oziq-ovqat (konserva, goʻsht, baliq va b.), qurilish materiallari, mebel sanoati tarmoqlari rivojlangan. 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, filarmoniya, telemarkaz, badiiy, oʻlkashunoslik muzeylari bor. Shaharda Ukraina obikor dehqonchilik i. t. instituta, baliq xoʻjaligi i. t. institutining boʻlimi, Jan. Ukraina sinov styasi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Arsenal (18-a.), GrekSofiya cherkovi (1780), Svyatoy Dux monastiri (19-a. boshlari), Spas sobori (1806), Qora dengiz gospitali (1803—10) saklangan.


Lotin alifbosida maqola: XERSON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
ROSSIYA
TOSHKENT VILOYATI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты