XERSON VILOYATI

XERSON VILOYATI — Ukrainadagi viloyat. 1944-y. 30-martda tashkil etilgan. Mayd. 28,5 ming km2. Aholisi 1145,4 ming kishi (2004), ukrain, rus, belorus, yahudiy va b. yashaydi. 18 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 8 shahar va 29 shaharcha bor. Shahar aholisi 59%. Markazi — Xerson sh. Muhim shaharlari — Xerson, Kaxovka, Syurupinsk.

Tabiati. Viloyat Ukrainaning jan. da. Qrra dengizboʻyi pasttekisligida joylashgan. Jan. dan Qora va Azov dengizlari bilan oʻralgan. Yer yuzasi tekislik, jan. ga tomon bir oz qiya. Kumli orollar, qum tillari, kichikroq qoʻltiqlar uchraydi. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi jan. da —3° dan shim. da —5° gacha, iyulniki jan. da 21,5° — 23,5°. Yozi issiq va quruq, ayrim vaqtda boʻronlar boʻlib turadi. Vegetatsiya davri 215 — 230 kun. Yillik yogʻin 300—400 mm. Asosiy daryolari: Dnepr, uning oʻng irmogʻi — Ingules. Tuproqlari jan. da chirindisi kam qoratuproq, toʻq kashtan tuproqlar dengiz sohilida kashtan, shoʻrtob va shoʻrxok tuproqlar. Viloyat hududida AskaniyaNova, Qora dengiz qoʻriqxonalari, shuningdek, AzovSivash qoʻriqxonaovchilik xoʻjaligi bor. Viloyat hududining 2,6% oʻrmon va butazor.

Xoʻjaligi. Mashinasozlik va metallsozlikda kemasozlik zavodlari, kombayn, kardan vallari va elektr mashinasozlik (Xerson), elektr payvandlash jihozlari va avtomobil taʼmirlash zavodlari (Kaxovka) bor. Xersonda neftni qayta ishlash zavodi va Ukrainada shisha idishlar ishlab chiqaruvchi eng yirik zavodlardan biri, Syurupinskda sellyulozaqogʻoz kti, Novaya Kaxovkada mebel fkasi ishlab turibdi. Yengil sanoatda toʻqimachilik yetakchi oʻrinda (Xerson ipgazlama kti). Ipgazlama i. ch. boʻyicha Xerson viloyati Ukrainada 1oʻrinda. Oziq-ovqat sanoati konserva, un va yorma, goʻshtsut, baliq va b. tarmoqlardan iborat.

Q. x. da gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, tokchilik, bogʻdorchilik va goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Gʻalla, kartoshka va sabzavot, yemxashak ekinlari ekiladi. Chorvachiligi goʻshtsutga ixtisoslashgan, choʻchqachilik va mayin junli qoʻychilik, pillachilik, baliqchilik rivojlangan (9 baliqchilik xoʻjaligi bor). T. y. uzunligi 1100 km. Avtomobil yoʻllari uz. 6 ming km. Muhim portlari: Xerson, Skadovsk, Genichesk, Xorli. Dneprda kema qatnaydi. Aeroport bor. 4 oliy oʻquv yurti, 2 muzey, 2 teatr, filarmoniya, telemarkaz faoliyat koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: XERSON VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
YER
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты