YANISHEVSKIY Nikolay Andreyevich

YANISHEVSKIY Nikolay Andreyevich (1891.14.8, Ukraina, Vinnitsa viloyati — 1966.12.10, Moskva) — muhandisgidrotexnik, texnika fanlari d-ri (1938), prof. (1933), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1940), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1950). Petrovsk q. x. akademiyasi muhandislik f-tini tugatgan (1919). 1924-yilgacha RSFSR Yer ishlari xalq komissariati q. x. ni melioratsiyalash boʻlimida katta mutaxassis, Moskva qishloq xoʻjaligini melioratsiyalash in-tida katta ilmiy xodim, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish in-tida eksshtuatatsiya boʻlimi boshligʻi, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1925— 35). 1935-yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari in-tida gidromelioratsiya sistemalarini ekspluatatsiya qilish kafedrasi mudiri. Yanishevskiy suvdan foydalanishni rejalashtirishning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqqan (Oʻrta Osiyoning barcha irrigatsiya sistemalarida qoʻllaniladi).


Lotin alifbosida maqola: YANISHEVSKIY Nikolay Andreyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
YAPONIYA
ROSSIYA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты