YANOV-YANOVSKIY

YANOV-YANOVSKIY Feliks Markovich (1934.28.5, Toshkent) — kompozitor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1988). Toshkent konservatoriyasini skripka ijrochiligi (1954) hamda kompozitsiya (1959) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Oʻzbekiston simfonik orkestri (1954—64), Oʻzbekiston radiosi qoshidagi torli kvartet (1964—70) sozandasi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida pedagog (1961-yildan), dekan (1974—80), kafedra mudiri (197986), prof. (1988-yildan). Turli janrlarda ijod qilib 4 simfoniya (1982—90), 2 koncherto grosso (1969, 1989), 3 skripka (196192), truba (1998) va boshqalar cholgʻular uchun konsertlar, 4 opera («Xorijlik Petrushka», 1970; «Orkestr», 1991; «Akkompaniator», 1997; «Qutulish», 1999), xor va vokal turkumlari, diniy mavzudagi asarlar (Rekviyem, 1997; 2 messa, 1994—2000), estrada qoʻshiqlari, 50 ga yaqin kino, tele va multfilm uchun («Uzoqyaqin yillar», 1977; «Veld», 1987; «Islom tarixi», 2000; «Alpomish», 2000 va boshqalar), 15 spektakl uchun musiqalar yaratgan. Ijodida jahon klassik hamda 20-asr musiqa anʼanalari uygʻunlashgan, baʼzi asarlarida Yanov-Yanovskiy oʻzbek mumtoz musiqa uslublariga murojaat qilgan: orkestr (1973) va goboy (1980) konsertlari, 1simfoniyasi, Umar Xayyom sheʼrlariga «Ruboiylar» (1990) va boshqalar Asarlari Yevropa va Osiyo xalqaro musiqa festivallarida muntazam ijro etilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: YANOV-YANOVSKIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
ISLOM
KINO SANʼATI
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты