YANTOQ

YANTOQ ( — dukkakdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻtlar turkumi. Oʻrta Osiyoning dasht, choʻl, chala choʻllarida hamda Rossiyaning Yevropa qismidagi chala choʻl r-nlarida 5 turi maʼlum. Oʻzbekistonda Yantoqning soxta yantoq va qirgʻiz yantogʻi turi oʻsadi. Boʻyi 40—110 sm, tik, sershox, ildizi kuchli rivojlangan, yer osti suvlarigacha yetib boradi (10 m va undan ortiq) . Barg qoʻltigʻida qattiq tikanlari bor. Barglari choʻziq, nashtarsimon, barg bandi kalta, ketmaket joylashgan. Gullari mayda, qizil yoki pushti. May — sentyabrda gullaydi, avg. — oktyabr oylarida urugʻlaydi. Mevasi 10 tagacha urugʻ boʻlgan dukkak. Ya. ning yer usti qismi qishda qurib qoladi, bahorda ildiz boʻgʻzidagi kurtaklardan yangi poyalar oʻsib chiqadi. Urugʻi va ildiz bachkilaridan koʻpayadi. Urugʻi poʻstlogʻi qattiq boʻlganligi tufayli juda sekin unadi. Yantoqning hamma turi tuyachilik va qoʻychilikda yaxshi ozuqa hisoblanadi. Guli va ildizidan xalq tabobatida turli damlamalar tayyorlanadi. Yantoqdan yuqori sifatli yemxashak, silos va oziq uni olinadi. Yantoq yaxshi asal beruvchi oʻsimlik. Daraxtsiz choʻllarda Yantoqdan oʻtin sifatida foydalaniladi. Sugʻoriladigan yerlarda, yoʻl, ariq, kanallar boʻylarida, tashlandiq yerlarda, ekinzorlarda begona oʻt sifatida oʻsadi.

Kurash choralari: almashlab ekish, yerni chuqurroq haydash, iddizpoyalarni yigʻib olish, dalalarga chirigan goʻng solish va boshqalar


Lotin alifbosida maqola: YANTOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BEGONA OʻTLAR
ROSSIYA
QIRGʻIZISTON
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты