YANUS

YANUS — Rim mifologiyasida eshik, kirishchiqish, keyinchalik — har qanday ishning boshi (shu jumladan, inson hayotining ham boshlanishi) hamda bitimlar va ittifoqlar xudosi. Yanus qasri darvozasini urush eʼlon qilinganda ochishgan (qoʻshinlar jangga shu darvozadan chiqqan) va sulh tuzilgandan soʻng yopishgan. Yilning 1oyi — yanvar unga bagʻishlangan (Ya. sharafiga bayram 9 yanv. da nishonlangan). Turli tomonga qarab turgan 2 qiyofada (keksa va yosh koʻrinishida) tasvirlangan. Bunda oʻtmishgina emas, balki kelajak ham Yanusga maʼlum, degan fikr oʻz ifodasini topgan. Koʻchma maʼnoda — «ikki qiyofali Yanus» — ikkiyuzlamachi odam.


Lotin alifbosida maqola: YANUS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
FRANSIYA
XITOY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты