XETT PODSHOLIGI

XETT PODSHOLIGI — Kichik Osiyodagi qad. davlat (mil. av. 18—12-a. boshlari). Tarkibiga xettlar, xattlar va b. etnik guruxlar kirgan. Xettlar podshosi Anittas davri (taxm. 18-a.)da Anatoliyaning baʼzi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusas sh. larini bosib olgan. Kussar sh. ni poytaxt qilgan. Qad. xett sulolasining asoschisi — Labarna (17-a. boshlari) Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarnaning vorisi Xattusilis I davri (17-a. oʻrtalari)da Kichik Osiyoning shim. dagi Salpa sh. va Kichik Osiyoning bir qancha jan. sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusasga koʻchirgan. Xattusilis I ning oʻgʻli Mursilis I (17-a. oxiri) davrida Xett podsholigining harbiy qudrati nihoyatda oshgan. 14—12-a. larda Xett podsholari Shim. Suriya va Shim. Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan boʻlgan. Podsho Suppiluliumas I (14-a. boshlari) uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni (Shim. Mesopotamiyadagi qad. davlat)ni bosib olgan. Ugarit (Shim. Finikiyadagi qad. shahardavlat) ni oʻz vassaliga aylantirgan. Mursilis II hukmronligi (14-a. oxiri)dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. 13-a. oxiri — 12-a. boshlarida Xett podsholigi oʻzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Qad. Xett Podsholigining oxirgi yirik podshosi Telepinu (16-a. oxiri) boʻlgan. Kichik Osiyoning sharqiga jan. va gʻarbdan xalqdarning koʻchib kelishi bilan podsholik barxam topgan.


Lotin alifbosida maqola: XETT PODSHOLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY
MISR
TOSHKENT


Добавить комментарий