XETT TILI

XETT TILI — oʻz yozuviga ega boʻlgan eng qad. hindevropa tillaridan biri; xatt, palayya, lidiya va b. tillar bilan xett — luviy tillari (anatoliya tillari) guruhini tashkil etgan ulik til. X. t. da soʻzlashuvchi aholi qad. Anatoliyaning markaziy va shim. kismlarida yashagan. Xett tili tarixida 3 davr farqlanadi: qad. davr (mil. av. 18—16-a. lar), yjDTa davr (mil. av. 15-a. — 14-a. boshi) va yangi davr (mil. av. 14-a. oʻrtalari — 13-a.). Bizgacha yetib kelgan matnlarning aksariyati Yangi podsholik davriga mansubdir. Xett tilining asosiy grammatik xususiyatlari: feʼl qoʻshimchalari 2 turga boʻlingan, otlar 2 grammatik jins kategoriyasiga boʻlingan. Leksikasida xatt, akkad va xurrit tillaridan oʻzlashgan soʻzlar — asosan terminlar koʻp boʻlgan. Xett tili yozuvi — mixxat boʻlib, u shim. Suriyadan, ehtimol, qad. akkad mixxatidan oʻzlashtirib olingan. Yozma yodgorliklari asosan 1906—07 y. lardagi arxeologik qazishmalar chogʻida Xattusasdagi (Turkiya, hoz. Boʻgʻozkoʻy) podsholik arxividan topilgan.


Lotin alifbosida maqola: XETT TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JAHON TILLARI
TOSHKENT
MISR
XITOY
HIND-YEVROPA TILLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты