XETTLAR MADANIYATI

XETTLAR MADANIYATI — mil. av. 2ming yillikda ravnaq topgan Xett podsholigida shakllangan madaniyat. Podsholar qarorgohi boʻlgan Xattusas sh. (Kichik Osiyodagi hoz. Bogʻozkoʻy sh.) barcha xett shaharlari kabi doirasimon tarhli, mudofaa devor va inshootlarga alohida ahamiyat berilgan, shaharning qoʻsh devori burj, minoralar bilan mustahkamlangan. Binolar haykal, relyeflar bilan bezatilgan. Shahar darvozalarining ikki yoniga ulkan sher haykali, sfinks lar oʻrnatilgan. Bogʻozkoʻy yaqinidagi Yozuvliqoya relyeflari (mil. av. 16—13-a. lar)da sher ustida tik turgan kishilar aks ettirilgan, 2 boshli burgut tasviri gerbni eslatadi. Baʼzi relyeflarda, xettlarning doirasimon tamgʻalaridagi kabi, ramziy tasvirlar uchraydi. Mil. ad. 1600-y. da qad. xettlarda haykaltaroshlik, kulolchilik taraqqiy etgan (maye: oʻrdakburun shaklidagi koʻzachalar, hayvonlar shaklida ishlangan idishlar, maʼbudlar va b. tasvirlangan idishlar).


Lotin alifbosida maqola: XETTLAR MADANIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
HAYKALTAROSHLIK
MISR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты