XEUORS

XEUORS (Haworth) (Gevort, Xevort) Uolter Normen (1883.19.3, Chorli — 1950.19.3, Birmingem) — ingliz organikkimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1928-y. dan). Manchester universitetida (1911), Shotlandiyadagi SentAndrus universiteti kollejida ishlagan (1912-y. dan prof.). Nyukasldagi Darxem universiteti (1920—25), Birmingem universiteti (1925—48) prof. Asosiy ilmiy ishlari uglevodlar kimyosiga oid. Metilsulfat va ishqorlardan foydalanib kandlarning metil efirlarini olish usulini taklif etgan (1915). Bu usul uglevodlar tuzilishini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. S vitaminning tuzilishini aniklagan va uni ilk bor sintez qilgan (1933, T. Reyxshteyn bilan bir vaqtda). Nobel mukofoti laureati (1937).


Lotin alifbosida maqola: XEUORS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
BUYUK BRITANIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты