YAPON YOZUVI

YAPON YOZUVI — soʻzboʻgʻinli (ideografiksillabik) aralash yozuv; bunda iyerogliflar va boʻgʻinli belgilar qoʻshilib ketadi. Yapon tilidagi matnlarni yozishda qoʻllanadi. Hozirgi Yapon yozuvi tizimida, asosan, 2 turli belgilar: soʻzbelgilar — iyerogliflar (yaponcha «kandzi» — xitoy yozuvi) va boʻgʻinli belgilar («kana»lar) qoʻllanadi. Bugungi kunda bu tizimga yana fonemaviy belgilar — lotin alifbosi (yaponcha «romadzi» — rim yozuvi) ham kirib kelmoqda. Yapon yozuvi vertikal ustun shaklida boʻlib, belgilar yuqoridan quyiga tomon, ustunlar esa oʻngdan chapga qarab joylashadi. Keyingi paytlarda uning gorizontal holatda chapdan oʻngga qarab yoziladigan shakli ham qoʻllanmoqda.

Xitoyliklarning iyeroglifik yozuvi Yaponiyaga mil. 4—5-asrlarda kirib kela boshlagan va oʻsha davr ziyolilari uchun oʻrganish majburiy hisoblangan. Xitoy va yapon tillari uslubiy tuzilish jihatidan jiddiy farq qilganligidan iyeroglifik matnlarni oʻqish ancha qiyin boʻlgan. Shunday boʻlsa ham, yaponlarning dastlabki yozma yodgorligi — «Kodziki» (afsona va rivoyatlar toʻplami, 712y.) xitoy iyerogliflari va xitoy tili grammatikasi asosida yozilgan. Keyinchalik iyerogliflar bilan bir qatorda ularning xitoycha oʻqilishi («on») ham muayyan fonetik oʻzgarishlarga uchragan holda oʻzlashtiriladi; ayni paytda iyerogliflarning maʼno jihatdan mos keladigan yaponcha oʻqilish shakli («kun») ham paydo boʻladi. Yaponiyaning oʻzida ijod qilingan iyerogliflarning barchasi faqat «kun» usulida, yaponcha oʻqiladi.

Ierogliflarning fonetik qoʻllanishi milliy yozuvning paydo boʻlishiga imkon yaratadi. 8-asrda yaratilgan «Manyosyu» nomli asarda baʼzi iyerogliflar boʻgʻinli belgi sifatida ishlatilgan. Ierogliflar grafik koʻrinishining oʻzgarishi esa 9-asrda kananing xilmaxil koʻrinishlari vujudga kelishiga sabab boʻlgan. 10-asrda esa ulardan faqat kata kana vaxiragana keng qoʻllanaboshlaydi. Har ikkala alifbodagi belgilar shaklan farq qilsada, maʼnoviy (fonetik) jihatdan tengdir. Katakana bosma iyerogliflarning qisqargan shakli sifatida kelib chiqqan va, asosan, yangi oʻzlashma soʻzlarni yozish uchun qoʻllanadi, xiragana esa iyerogliflarning toʻliq (qoʻl) yozma shakli boʻlib, asl yaponcha soʻzlarni, yordamchi soʻzlar va qoʻshimchalarni yozish uchun qoʻllanadi. Kana yozuvida asosiy belgilar 48 ta, kananing har ikki turi hisobga olinsa, ularning umumiy soni 96 ta boʻladi. Bularga 30 dan ortiq hosila, qoʻshimcha belgi 2 ga koʻpaytirib qoʻshilsa, kanadagi belgilarning umumiy soni 170 taga yetishi mumkin.

Ierogliflar hamda xiragana va katakananing, qisman lotin harflarining aralash qoʻllanishi (jadvalda berilgan, 2 ustundan iborat yaponcha matnda iyerogliflar, xiragana, katakana va lotin grafikasi aralash qoʻllangan. Bunda dastlab harfbelgilar, uning oʻng tomonida ularning oʻqilishi, belgining qaysi turga mansubligi koʻrsatilgan), iyerogliflarning 2 turli («on» va «kun») oʻqilishi Yapon yozuvini nihoyatda murakkablashtirgani sababli 1946 yil kana yozuvi imlosi isloh qilinadi; shu bilan birga, faqat 1850 iyeroglifni ishlatish rasman tavsiya etiladi (hozir bu miqdor 1947 tani tashkil etadi). Lekin amalda qoʻllanayotgan iyerogliflar soni tavsiya etilganlaridan koʻra koʻproqdir. Yaponiyada yozuvni soddalashtirish ustida olib borilayotgan ishlar hanuz davom etmoqda. Lekin hozircha xitoy iyerogliflaridan voz kechish yoki Yapon yozuvini lotin grafikasiga koʻchirish yoʻlida qilinayotgan harakatlar muvaffaqiyatsiz boʻlmoqda. Buning sabablaridan biri — asrlar mobaynida yaratilgan yozma yodgorliklar, yaʼni boy madaniy merosni kelgusi avlodlarga aynan, buzilmagan holda yetkazib berish istagidir.

Ad. Fridrix I., Istoriya pisma, M., 1979; Mayevskiy B. V., Graficheskaya stilistika yaponskogo yazmka, M., 2000.

Ismatulla Bekmurotov.


Lotin alifbosida maqola: YAPON YOZUVI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
JAHON TILLARI
XITOY YOZUVI
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты