XIBIN TOGʻLARI

XIBIN TOGʻLARI (fin tilida xibin — kichik tepa maʼnosini anglatadi) — Kola ya. o. dagi togʻ massivi. RF Murmansk viloyatida. Mayd. 1300 km2, eng baland joyi 1191 m. Plato shaklida boʻlib atrofi botqoklashgan pastbaland tekislik. Togʻ tundrasi mavjud. Togʻ yon bagʻirlari va etaklari igna bargli oʻrmon va past boʻyli qayinzorlar bilan krplangan. Ayrim joylarida muzlik va qorliklar bor. Qor koʻchkilari teztez kuzatiladi. Yovvoyi hayvonlardan lemming, qutb tulkisi, tundra kakligi, oq boyoʻgʻli yashaydi. Xibin togʻlari intruziv massivi, nefelin, siyenitlardan tashkil topgan. Boy apatitnefelin rudalari konlari ochilgan. Ular negizida apatit sanoati yuzaga kelgan. Vudyevrchorr togʻida dunyodagi yagona qutbalp botanika bogʻi joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: XIBIN TOGʻLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YEVROPA
ROSSIYA
YER
FINLYANDIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты