XIVA GILAMI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«XIVA GILAMI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — gilamchilik sanoatining yirik korxonasi. «Oʻzbekengilsanoat» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Gilam, gilam maxsulotlari, kalava ip ishlab chiqaradi. Korxona Xiva gilam kombinatы nomi bilan qurilgan (yillik loyiha quvvati 2450 ming m2 gilam, 4000 t dan ortiq kalava). 1navbati 1977-y. da, 2navbati 1978-y. oxirida ishga tushirilgan.

1988-y. da kt va Hazorasp ip yigiruv fkasi qoʻshilib, Xiva gilam ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 1990-y. da korxonada 2450 ming m2 gilam va 4022 t kalava ip ishlab chiqarildi. 1994-y. dan korxona «Xiva gilami» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 2001-y. da Hazorasp ip yigiruv fkasi mustaqil korxona sifatida ajralib chiqdi. Keyingi yillarda korxona rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy PPM240 Sh ip yigiruv mashinalari, Rossiyaning ACH214 tarash apparatlari bilan jihozlandi, korxonada gilam i. ch. quvvatlarini toʻliq taʼminlaydigan hajmda yarim jun kalava i. ch. yoʻlga qoʻyildi. 2002-y. da korxona i. ch. maydonining yarmida (30 toʻquv stanogi) tashki bozorda xaridorgir boʻlgan jun gilamlar ishlab chiqaradigan «Xiva Karpet» Oʻzbekiston—Germaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.

2003-y. da korxonada 1430 t kalava, 756 ming m2 gilam ishlab chiqarildi. Mahsulotlari Rossiya, Ukraina, Germaniya va b. davlatlarga eksport qilinadi.

Ad.: Safoyev A., Xiva gilami. Urganch, 1993.


Lotin alifbosida maqola: XIVA GILAMI AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
YAPONIYA
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты