YAPON TURPI

YAPON TURPI, daykon — karamguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlik turi, sabzavot ekini. Vatani— Yaponiya. Zakavkazye, Oʻrta Osiyo va Uzoq Sharqda ekiladi. Bargi uzun (1 m gacha), toʻpguli shingil, ikki jinsli, oq, pushti, binafsha yoki sariq rangli, chetdan changlanadi. Urugʻi yirik, yumshoq, qoʻzoqcha. Bir tup oʻsimlikdan 20—30 g urugʻ olinadi. Ildizmevasining ogʻirligi 30 kg (uz. 70—80 sm)gacha, poʻsti yupqa, sersuv, sershira, rangi oq. Tarkibida oqsil, qand, kletchatka, S vitamini bor. Yangiligida, ayrim paytlarda dorivor sifatida isteʼmol qilinadi. Ovqat hazm qilishda yaxshi foyda beradi.

Yapon turpi Oʻzbekistonning shimoliy r-nlarida yaxshi oʻsadi. Yapon turpining «Favorit» navi bahorda, ayrim navlari yoz (iyun) da ekiladi. Hosildorligi 8001000 s/ga.


Lotin alifbosida maqola: YAPON TURPI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
YER
XITOY
PIYOZ
QOVUN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты