XIVA MUDOFAASI

XIVA MUDOFAASI — Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyoni istilo qilishi davrida shahar aholisining kurashi. 1872-y. oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston, Orenburg generalgubernatorlari va Kavkazdagi podsho noiblari ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligink bosib olishga qaror kilingan. Xonlik qoʻshinida hammasi boʻlib 27 eski zambarak, 2 ming otliq askar, 4 ming navkardan iborat qoʻshin boʻlgan. Rossiya qoʻshini ham son, ham sifat jihatdan, shuningdek, harbiy texnika imkoniyati, qurolyarogʻlari bilan ham Xiva xonligi qoʻshinidan ustun edi. Mazkur harbiy operatsiyaga rahbarlik qiluvchi zobitlar, generallar amaliy tajribasi ham xivalik lashkarboshilardan koʻp darajada yuqori boʻlgan. Turkiston qoʻshinlariga general Kaufman, Orenburg otryadiga general Veryovkin, Mangqishloq otryadiga polkovnik Lomakin qoʻmondon boʻlib, Orol flotiliyasi ham ular ixtiyeriga berilgan edi. Istilochilar shu yoʻsinda 3 yoʻnalish boʻyicha Xiva xonligi ustiga bostirib kirgan. Imperator Aleksandr II Xiva yurishiga katta eʼtibor beradi. Kaufman yurish oldidan Xivani siyosiy tarafdan yakkalab qoʻyish choralarini koʻrgan. U Buxoro amiri va Qoʻqon xoniga tahdidli maktublar yoʻllab ularni Xivaga yordam bermaslikka chaqirgan. Xiva xonining masalani tinch yoʻl bilan hal qilishga urinishlari behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzgan va dushmanga qarshi oʻzining lashkarboshilarini safarbar qilgan. Matmurod devonbegi, Mahmud yasovulboshi, Yoqubbek qalmoq, Eltuzar inoq va Bobo mehtar rahbarligidagi oʻzbek va turkman yigitlari rus qoʻshinlari hujumini qaytarish uchun 2 guruhga boʻlinganlar. Ruslar yoʻlda uchragan har bir shahar va qishloqni talab, uylarga oʻt qoʻyib, qirgʻin uyushtirganlar. Ularning ketidan kultepalar va jasadlar qolgan. Ammo, Xorazm vatanparvarlari boʻsh kelmay, oʻzlariga qulay joylardan dushmanga hujum qilishgan. 1873-y. 29 may kuni Xiva xoni ortiqcha qon toʻkilishini istamay, oʻz vakillarini fon Kaufman huzuriga joʻnatgan, ammo, general xonning taklifini oqibatsiz qoldirib hujumga kirishgan.

Afsuski, shunday qaltis bir paytda xonning oilasi va yaqin qarindoshlari dushmanga qarshi yakdil boʻlish oʻrniga, sulolaviy nizolarga berilib ketishgan. 1873-y. 29-mayda Xiva ishgʻol kilingan. Xon saroyidagi oliy hukmdorlarning taxti, bebaho oltinkumush buyumlari, turlituman qimmatli matolar va nodir qoʻlyozma asarlar Peterburgga, podshoh saroyiga oʻlja sifatida olib ketilgan. Oʻlja olingan behisob boyliklar generallar, zobitlar va askarlar oʻrtasida taqsimlab olingan.

Ad..Oʻzbekistonningyangitarixi, 1j. [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.


Lotin alifbosida maqola: XIVA MUDOFAASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты