YAPONLAR

YAPONLAR (oʻzlarini nixondzin — quyoshli oʻlka odamlari deb atashadi) — xalq, Yaponiyaning asosiy aholisi (123,6 mln. kishi). Umumiy soni 125,6 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yapon tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, sintoistlar va buddaviylar; xristianlar va sinkretik dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Antropologik jihatdan mongoloid irqiga mansub. Yaponlarning oʻziga xos etnik xususiyatlari ayrim mayda orollarda va Ryukyu arxipelagida yashovchi aholida saqlanib qolgan. Yaponlar qabila sifatida mil. av. 1-mingyillikoʻrtalarida Janubiy Koreya ya. o. dan Yapon o. lariga eneolit davri madaniyati (Yayon madaniyati)ni tarqatuvchi katta guruhning koʻchib kelishi natijasida shakllangan. Bunga qadar bu yerda ayn va qisman malayyapolinez qabilalari yashagan. Ularning oʻzaro aralashuvi natijasida kelgindi qabilalar tili ustuvor mavqeni egallagan. qadimiy yapon qabilalarining elat boʻlib uyushuvi mil. 4-asrda birinchi umumyapon davlati (Yamato podsholigi) ning tashkil topishi bilan tugagan. Yapon elati Osiyoning qadimiy sivilizatsiyalari (Xitoy, Koreya, Hindiston) taʼsirida rivojlangan. Qishloq aholisining asosiy mashgʻuloti — sugʻorma dehqonchilik (sholi), baliq ovlash, shahar aholisida esa hunarmandchilik hisoblangan. Yaponlar chinni, loklangan buyumlar ishlab chiqarish, toʻqimachilik va badiiy hunarlar bilan shugʻullangan. Koʻpgina hunarlar saklanib qolgan. Yaponlar qadimgi va eng yuqori darajada rivojlangan madaniyat va sanʼatga ega. Hozirda shaharlik Yaponlarning katta qismi yuksak taraqqiy etgan sanoatda band.


Lotin alifbosida maqola: YAPONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XITOY
OʻZBEKLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты