YARA

YARA — biror toʻqimaning turli sabablarga qoʻra nobud boʻlgan qismi koʻchib, oʻrnida hosil boʻlgan (teri yoki shilliq pardaning, odatda, teri ostidagi toʻqimalarning ham) nuqsoni; granulyatsion toʻqima oʻsishi sekinlashuvi va teri yoki shilliq pardaning zararlangan joyida epiteliyning hosil boʻlish jarayoni buzilishi natijasida Yara juda sekin bitadi (mas, terining trofik Yarasi). Yaraga mexanik va termik shikastlanishlar, kimyoviy moddalar, nurlarning teriga taʼsir etishi, shuningdek, nerv oziqlanishining buzilishi. spetsifik (maxsus) hamda nospetsifik (nomaxsus) infeksiyalar (sil, zaxm va boshqalar), xavfli oʻsmalarning yemirilishi va h. k. sabab boʻladi.

Yara moddalar almashinuvining buzilishi (mas, qandli diabetda), surunkali intoksikatsiya, vitaminlar yetishmasligi, endokrin buzilishlar, organizmning holdan toyishi va boshqalar ga olib keladi. Yara koʻrinishi, chuqurligi va chetlarining holatiga qarab oval, dumaloq, chetlari oʻyilgan shaklda boʻladi. Chuqur Yara qon tomir devorlarining buzilishiga olib keladi, natijada qon ketishi kuzatiladi. Yara uzoq kechib, chandiqlanib bitadi. Baʼzan Yara qaytaqayta chiqishi ham mumkin. Yaraga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, ogʻirroq hollarda xirurgik amaliyot qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: YARA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OʻSMALAR
VITAMINLAR
TERI
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты