XIVCHINOYOQLILAR

XIVCHINOYOQLILAR (Pedipalpi) oʻrgimchaksimonlarning bir guruxi. Xivchinoyoqlilarning 3 turkumi: telifonlar, tartaridalar va frinlar bor. Telifon (chayonoʻrgimchak)lar (70 tur) tanasi 7 sm gacha. Boshkoʻkragi birikkan, qorni boʻgʻimlarga boʻlingan ipsimon dum bilan tugaydi. Tartaridalar (30 tur) tanasi 2—7 mm. Koʻzi yoʻq. Tuproqda, oʻsimlik qoldiklari ostida va b. joylarda yashaydi. Tuxumini tuproqdagi chuqurchaga qoʻyadi va shu yerda tuxumdan bolalari chiqadi. Frinlar (50 tur) kattaligi 45 mm gacha. Boshkoʻkragi qalqon bilan qoplangan. Urgʻochisi 60 ga yaqin tuxumini qorni tagida olib yuradi. 3 yoshda voyaga yetadi. X., asosan, tropik mintaqalarda tarqalgan. Hasharotlar va b. mayda umurtqasizlar bilan oziqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: XIVCHINOYOQLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
YER
OKEAN
Xamdam Sobirov - Yigirma yosh
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты