XIDIRALIYEV

XIDIRALIYEV Inomjon (Inogʻomjon) (1891.23.2, Namangan uyezdi Pop volostidagi Iskovat qishlogʻi — 1928.31.12, Moskva) — davlat va jamoat arbobi, diplomat. X. 1919-y. dan turli sovet idoralarida masʼul lavozimlarda ishladi: Fargʻona viloyati partiya qoʻmitasining kotibi (1920—21), Turkiston ASSR Yer ishlari xalq komissari (1922), Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1922—24). RSFSR Yer ishlari, federal komiteti Prezidiumi aʼzosi (1923—24). Turkiston ASSR ning RSFSRdagi muxtor vakili (1924-y. yanv. —noyab.). X. Turkiston respublikasi manfaatlarini himoya qilib, bolsheviklarning shovinistik siyosatiga qarshi kurashgan. Yer ishlari xalq komissari (1925) sifatidaX. Oʻzbekistonda yersuv islohotini amalga oshirishda faol qatnashgan. Paxtakor dehqonlarni iqgisodiy jihatdan qoʻllabquvvatlash, ijtimoiy himoya qilish tarafdori boʻlgan.

Moskvaning Vagankovo qabristonida dafn etilgan. X. vafotidan keyin, 1937-y. dagi ommaviy repressiya davrida «xalq dushmani» sifatida qoralangan edi. Andijondagi koʻcha, Qoʻrgʻontepa tumanidagi maktabga X. nomi berilgan.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida]. T., 2000; Shamsutdinov P., Istiqdol yoʻlidashahid ketganlar, T., 2001; Rajabov Q.,Haydarov M., Turkiston tarixi (1917 — 1924-y.), T., 2002.


Lotin alifbosida maqola: XIDIRALIYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
XITOY
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI
TOSHKENT
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты