XIZMAT MANSABINI SUIISTEʼMOL QILISH

XIZMAT MANSABINI SUIISTEʼMOL QILISH — boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlardan biri; mansabdor shaxstsht mansab vakolati, amalidan oʻz manfaati yoʻlida foydalanishi. Mansab vakolati mansabdor shaxsning tashkiliyboshqaruv yoki maʼmuriy xoʻjalik vakolatlari bilan belgilanadi. Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqsorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻladi. Amalini suisteʼmol qilish shtat moliya intizomini buzish; nazorat va taftish idoralarini adsash; tovarmoddiy boyliklarni oʻgʻirlash va kamomadlarni yashirish; davlat, jamoat mulkini yoki boshka har qanday mulkni oʻzlashtirish yoki uni oʻzlashtirmagan holda gʻarazli maqsadlarda foydalanish; ayrim fuqarolar va b. ga tegishli mulk hisobiga noqmguniy boyishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasining JKda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlik uchun tegishli jazo belgilangan (205modda).


Lotin alifbosida maqola: XIZMAT MANSABINI SUIISTEʼMOL QILISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR
TOSHKENT
XUSUSIY MULK
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты