YARIMFABRIKAT

YARIMFABRIKAT — bir korxonada ishlab chiqarilgan va aksariyat boshqa korxonada ishlab chiqariladigan murakkab mahsulotlarning tarkibiy qismi tarzida foydalaniladigan tayyor mahsulot. Korxonaning oʻzida ishlab chiqarilgan hamda chetdan sotib olingan Yarimfabrikat larga boʻlinadi. Mas, avtomobil dvigateli yoki avtomobil gʻildiraklari avtomobilni yigʻishda foydalaniladigan Yarimfabrikat hisoblanadi. Bir sexda tayyorlanib, ikkinchi sexda qayta ishlashni talab etadigan mehnat mahsulotlari (mas, qora va rangli metallar, kimyoviy tolalarning dastlabki tayyorlamalari) korxonaning oʻzida ishlab chiqarilgan Yarimfabrikat deyiladi. Kooperatsiya yoʻli bilan yetkazib beriladigan mahsulotlar sotib olingan Yarimfabrikat deyiladi (mas, paxta tozalash sanoati korxonalarida tayyorlangan paxta tolasi ip yigiruv korxonalari uchun Yarimfabrikat dir).


Lotin alifbosida maqola: YARIMFABRIKAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
PAXTA TOZALASH SANOATI
ROSSIYA
FRANSIYA
YER


Добавить комментарий