YARMARKA

YARMARKA (nem. — yillik bozor) — belgilangan joyda muayyan muddatlarda muntazam tashkil etiladigan yirik bozor; sotuvga qoʻyilgan tovarlar koʻrgazmasi. Yarmarka larning asosiy maqsadi xaridorlarni tovarlar bilan vositachilarsiz, bevosita tanishtirish va ularning namunalar boʻyicha ulgurji va chakana savdosini uyushtirishdan iborat. Yarmarka mavjud, ishlab chiqariladigan va bozorga chiqarishga moʻljallangan mahsulot toʻgʻrisida axborot beradi. Yarmarka universal, koʻp tarmoqli va ixtisoslashgan boʻladi (mas, texnika, q. x., xalq isteʼmoli mahsulotlari, oziq-ovqat va boshqalar). Qatnashchilari tarkibi va qamrovi doirasiga koʻra, jahon, xalqaro, mintaqaviy, milliy va mahalliy Yarmarkalar mavjud. Xalqaro Yarmarkalar (Leypsig, Parij, Vena, Toronto, Damashq va boshqalar) jahon savdosining rivojlanishiga, turli mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, i. ch. ning rivojlanishiga yordam beradi.

Yarmarka savdoning alohida shakli sifatida birinchi marta mil. 1-asrda Yaponiyada vudujga kelgan. Yevropada 10-asrdan maʼlum. 19-asrga kelib transport va savdoiqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan Yarmarka yangi qiyofa oldi. Yarmarka larda tovarlar namunalari koʻrgazmalari tashkil etilib savdosotiq tovar birjalaridagi kabi amalga oshirila boshladi. Bir qator shaharlar (mas, Leypsig)da Yarmarkalar doimiy faoliyat koʻrsatadigan savdokoʻrgazma markazlariga aylandi. 20-asr oxiri — 21-asr boshlariga kelib Yarmarkalarni oʻtkazish yanada takomillashib, umumiy universal Yarmarka lardan tarmoq, aksariyat hollarda texnik va isteʼmol tovarlari Ya. lariga oʻtish yuz berdi. Yarmarkalar ilmiytexnika, axborot markazlariga aylanib, ularda ilmiy-texnika kongresslari va simpoziumlari oʻtkaziladi. Mas, Leypnig Yarmarkasi ishbilarmon doiralarning uchrashuv joyi boʻlibgina qolmay, yirik xalqaro ilmiytexnika va iqtisodiy axborot markazi hisoblanadi. Yarmarkalar faoliyati 1925-yilda Parijda tashkil etilgan Xalqaro yarmarkalar uyushmasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Oʻrta Osiyoda vaqtvaqti bilan boʻladigan katta savdo bozorlari qadimdan jamoat gavjum joylarda, xalq sayillarida oʻtkazilib kelingan. Bunday bozorlarda savdogarlar asosan boshqa mamlakatlardan keltirgan mollarini sotganlar. Ilk oʻrta asrlarda shaharlar, hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlmagan joylarda Yarmarka ayirboshlash amalga oshadigan asosiy markaz boʻlgan.

Urta Osiyo va Rossiya oʻrtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirishda 1643-yilda tashkil topgan Irbit (Gʻarbiy Sibir) Ya. si, qorakoʻl terilari sotilgan Buxoro Ya. si muhim oʻrinda turgan. Turkiston oʻlkasida hoz. maʼnodagi Yarmarka — koʻrgazma birinchi marta 1890-yilda Toshkentda oʻtkazilgan.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida paydo boʻlgan va Oʻrta Osiyoning Gʻarbiy Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarida muhim oʻrin tutgan, asosan, chorva mollari sotilgan Qarqara (hoz. Prjevalsk atroflarida) Yarmarka sining savdo aylanmasi 1908-yilda 2 mln. rublni tashkil etgan. 1-jahon urushi boshlanganidan keyin Yarmarkalar faoliyati toʻxtagan.

Oʻzbekistonda xalq isteʼmoli tovarlari ulgurji savdosi boʻyicha birinchi Yarmarka 1952-yildaToshkent shahrida tashkil etildi va keyinchalik 21-asr boshlarida sanoat va q. x. mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qiladigan davlat va kooperativ tashkilotlar qatnashadigan magazin va pavilyon tarmoqlari, umumiy ovqatlanish korxonalarini oʻz ichiga oladigan mahalliy tusdagi Yarmarka tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tasarrufidagi «Oʻzekspomarkaz»da xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan turli savdosanoat Yarmarka lari va koʻrgazmalari oʻtkaziladi. 1999-yilda tashkil etilgan «Oʻzkoʻrgazmasavdo» aksiyadorlik jamiyati va uning viloyat markazlaridagi shoʻba korxonalari milliy, hududiy, mavzuli koʻrgazma Yarmarka larini tashkil etish va oʻtkazish, mamlakat xoʻjalik subyektlarining eksport salohiyatini, yangi texnologiyalarni tatbiq etish sohasidagi yutuqlarini namoyish etish va yarmarka qatnashchilariga turli xildagi maslahat, marketing va xoʻjalikmaishiy xizmatlarni koʻrsatish va boshqalar bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalliy tovarlar ishlab chiqarish va savdo majmui huzurida 2002-yilda Yarmarka savdolari oʻtkazish boʻyicha respublika kengashi tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining asosiy savdo maydonlarida va viloyat shoʻba korxonalarida birjaga qoʻyiladigan tovarlar koʻrgazmalari tashkil etilgan. Birjaning XXR Urumchi shahrida doimiy faoliyat koʻrsatadigan «Oʻzbekyarmarkasi» shoʻba korxonasi bor.

J. Yoʻldoshev N . K ., Oʻrta Osiyoda bozor munosabatlari nazariyasi va amaliyoti, T., 1991.

Nuriddin Yoʻldoshev.


Lotin alifbosida maqola: YARMARKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA
TOSHKENT
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты