XIMACHALPRADESh

XIMACHALPRADESh — Hindiston shtati. Mayd. 55,7 ming km2. Axoliyey 6 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Simla sh. Relyefi togʻli boʻlib, Himolay togʻlarining jan. gʻarbiy qismida, Satlaj, Bias, Ravi daryolarining boshlanish yerida joylashgan. Ikdimi togʻ subtropik, mussonli iqlim. Hududining 50% keng bargli va igna bargli oʻrmon.

Iqtisodiyotida q. x. yetakchi oʻrinda. Ekin maydoni 550 ming ga ni tashkil etadi. Daryo vodiylarida bugʻdoy, makkajoʻxori, suli, sholi, kartoshka ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Dorivor oʻt va oʻsimliklar yigʻiladi. Daromadining 1/3 kismini oʻrmonchilik beradi. Qogʻoz, pivo, q. x. qurollari, elektr motorlar i. ch. zavodlari bor. Q. x. mahsulotlari qayta ishlanadi. Qimmatbaho toshlarga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Teridan turli buyumlar, junli ip va shol roʻmollar tayyorlanadi. Energetika quvvati 20 mln. kVt.


Lotin alifbosida maqola: XIMACHALPRADESh haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты