YAROSLAVL

YAROSLAVL — RF Yaroslavl viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Volga daryosi boʻyidagi daryo porti, t. y. chorrahasi. Aholisi 613,1 ming kishi (2002). Yaroslavlga 1010 yil da Buyuk Kiyev knyazi Yaroslav Mudriy asos solgan. Yaroslavl yilnomalarda dastlab 1071-yilda tilga olingan. 11—12-asr larda chegaradagi istehkom. 1218-yildan Yaroslavl knyazligi markazi, 1463-yilda Moskva knyazligiga qoʻshib olingan. 1777-yildan Yaroslavl noibligi (1796-yildan — gubernyasi) markazi. 16—17-asr larda Yaroslavl yirik temirchilik savdo markazi, 18-asrda esa manufaktura markazi boʻlib qoldi. Sanoatida kimyo, mashinasozlik va toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Yirik korxonalari: asbobsozlik, dizel apparaturalari, shina, motorsozlik, sintetik kauchuk, texnik rezina buyumlari, elektr mashinasozligi, polimer mashinasozligi, yogʻochsozlik uskunalari, kemasozlik, kimyo mashinasozligi, radiozavod, toʻqimachilik, poligrafiya ktlari. Neftni qayta ishlash z-di, poyabzal, tikuvchilik, tamakisigareta fkalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻriqxonasi, planetariy, telemarkaz bor. qadimiy meʼmoriy yodgorliklardan Ilya Prorok, Nikola Mokriy, Ioann Predtecha cherkovlari (barchasi 17-asr) saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: YAROSLAVL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
ROSSIYA
BUYUK BRITANIYA
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты